Amerika G’aznachilik departamenti Rossiya harbiy mashinasini zarur texnikalar va uskunalar bilan ta’minlagan 275 nafar shaxs va tashkilotga sanksiyalar e’lon qildi. Ular qatorida O’zbekistonning Uzstanex va The Elite Investment Group kompaniyalari bor.

Yagona reyestr ma’lumotlariga ko’ra, «Uzstanex» 2018-yil iyul oyida tashkil etilgan. U mexanik dastgohlarning ulgurji savdosi bilan shug’ullanadi. Uning ustav fondi 65 mln so‘m bo‘lib, yagona ta’sischisi Vasiliy Abramovdir. Korxona Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan.
The Elite Investment Group 2024-yil yanvar oyida ulgurji va nomutaxassis savdo uchun tashkil etilgan. Ta’sischisi Nodira Kazakbayeva bo’lib, ustav fondi 3 mln so’mni tashqil qiladi. Kompaniya Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan.
Sanksiyalar O‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston, Turkiya, Xitoy, BAA, Shveysariya va Hindiston kompaniyalariga ham joriy etilgan.
#AQSH #sanksiyalar