Nvidia dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi va Appleni ortda qoldirdi

Juma kuni Nvidia kompaniyasi aksiyalari yangi rekordga erishdi, deb xabar berdi Reuters. Bu esa kompaniyaning sun’iy intellekt uchun yaratilgan chiplariga bo‘lgan yuqori talab tufayli yuzaga kelgan. Natijada, Nvidia aksiyalarining umumiy qiymati qisqa muddatga 3,53 trillion dollarga yetib, Applening 3,52 trillion dollarlik qiymatidan oshib ketdi, deya LSEG o’z nashrida qayd etgan.

Kun oxirida Nvidia aksiyalari 0,8 foizga o‘sib, kompaniya qiymatini 3,47 trillion dollarga yetkazdi. Apple esa 0,4 foizga o‘sib, qiymatini 3,52 trillion dollarda saqlab qoldi.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Nvidia birinchi bor dunyodagi eng qimmat kompaniya bo‘lgan edi, ammo tez orada Microsoft va Apple uni ortda qoldirgan. So‘nggi oylar davomida bu uchta texnologiya gigantlar o‘rtasidagi raqobat qizg‘in davom etmoqda.

“Ko‘proq kompaniyalar kundalik ish faoliyatida sun’iy intellektdan foydalanmoqda va Nvidia chiplariga bo‘lgan talab yuqori bo‘lib qolmoqda”, — dedi AJ Bell brokerlik kompaniyasi direktori direktori Russ Mould.

“Nvidia hozirda juda qulay pozitsiyada turibdi. AQShda iqtisodiy inqiroz kuzatilmasa, ko‘plab kompaniyalar sun’iy intellekt imkoniyatlariga sarmoya kiritishda davom etadi va bu Nvidia uchun katta foyda keltiradi”, — dedi u.

#nvidia #apple #texnologiya

Fikr bildirish

Back To Top