Kontentni onlayn boshqarish: bu qanday jarayon va bizneslar uchun nega muhim?

Monitorlardagi kontentni onlayn boshqarish bugungi kunda bizneslar uchun brend taniqliligini va mijozlar sadoqatini oshirish uchun muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.

Kafe hamda umumiy ovqatlanish shahobchalariga kirganimizda e’tiborimizni tortadigan birinchi narsa albatta u yerda qo’yilgan monitorlar va undagi tasvirlar bo’ladi. Bu monitorlar orqali menyudan tortib, navbatimizni ham kuzatish imkoniyati ega bo’lamiz. Monitorlar orqali bizneslar o‘z kontentlarini boshqarishlari mumkin. Bu esa mijozlar e’tiborini jalb qilishga sabab bo’ladi. Bundan tashqari kontentni boshqarish imkoniyati biznes egalariga brendni taniqliligini oshirish imkoniyatini beradi.

Bugungi kunda kafe va umumiy ovqatlanish shahobchalarida joylashgan odatiy monitorlarda qo’yiladigan kontentni yangilash uchun kerakli kontentni topish, uni fleshkaga yuklab olish, monitorlar joylashgan manzilga borish, fleshkani o’rnatish va ushbu harakatlarni kontent yangilangan paytda qayta-qayta takrorlashga to‘g‘ri keladi.

Zamonaviy axborot texnologiyalari ushbu ovoragarchiliklarga barham beradi. Maxsus yaratilgan kontentni boshqarish platformalari ham vaqtni ham ortiqcha harakatlarni kamaytiradi va biznes uchun samarali instrument bo‘lib xizmat qiladi.

Smartcast – monitorlardagi kontentni onlayn boshqarish imkoniyatini beradigan maxsus platforma.

2023-yildan beri bozorda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Smartcast kompaniyasi o’z mijozlariga 90% vaqtni tejashga hamda 15% gacha ko’proq daromad olishga va mijozlarini sadoqatini oshirishga yordam berib kelmoqda.

Smartcast yordamida siz;

– Kontentni onlayn boshqarishingiz.
– Kontentni rejalashtirishingiz
– Monitorlar holatini real vaqtda kuzatishingiz mumkin.

Bugungi kunda Smartcast kompaniyasi Belissimo, Uzum, Inha University, American Univrsity of Technology, FeedUp, Timekeeper, Sariqbola pizza kabi 20 dan ortiq yirik bizneslar hamda tashkilotlarning 1000 dan ziyod monitorlariga o’rnatilgan bo’lib, yana kengayishda davom etmoqda. 

#smartcast #kontentboshqarish

Fikr bildirish

Back To Top