
Markaziy bank tahliliga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–mart oylarida aholiga jami 34,9 trln so‘mlik kredit ajratilgan bo‘lib, bu 2024-yilning shu davriga nisbatan 74% ga ko‘p hisoblanadi.
Aholiga berilayotgan kreditlarning bunday sur’atda oshishi aholining daromadlari o‘sib borayotgani, shuningdek, ipoteka kreditlari, mikroqarzlar va mikrokreditlarga bo‘lgan talab ortgani bilan izohlanadi.
Kredit turi | Ulushi (%) | O‘tgan yilga nisbatan o‘zgarish |
---|---|---|
Mikroqarzlar | 53,6% | 2,3 barobar oshgan |
Mikrokreditlar | 15,6% | 1,9 barobar oshgan |
Ipoteka kreditlari | 12,8% | 26,3% ga oshgan |
Avtokreditlar | 10% | 17,6% gacha kamaygan |
Boshqa kreditlar | 8% | — |
Kredit kartalari orqali | — | 3,3 barobarga ko‘paygan |
Markaziy bank prognozlarida aytilishicha, aholiga ajratilayotgan kreditlar hajmining keskin o‘sishi kelajakda ularning moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
2025-yil mart oyida tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratilgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi yil boshiga nisbatan 0,3% bandga pasayib, 23,1% ni tashkil etdi.
Ayniqsa, chakana kreditlar segmentida foiz stavkalarining kamayish tendensiyasi kuzatilib, ular 1,3% bandga pasayib, 23% darajasida belgilandi. Bunga qarama-qarshi ravishda, korporativ kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi biroz oshib, 22,7% gacha yetdi.