{"id":8869,"date":"2025-05-01T10:48:50","date_gmt":"2025-05-01T05:48:50","guid":{"rendered":"https:\/\/biznesreport.uz\/?p=8869"},"modified":"2025-05-01T10:59:32","modified_gmt":"2025-05-01T05:59:32","slug":"dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/","title":{"rendered":"Dilmurod Yusupov: Ijtimoiy tadbirkorlik xayriya emas, biznes yondashuv"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">&laquo;<a href=\"https:\/\/sharoitplus.uz\/biz-haqimizda\/#sharoit-team\">Sharoit Plus<\/a>&raquo; loyihasi \u2014 nogironligi bo\u2018lgan insonlarning mehnat bozorida munosib o\u2018rin egallashiga yordam berishga qaratilgan platforma. Bu loyiha asoschisi <a href=\"https:\/\/dilmurad.me\/uz\/biografiya\/\">Dilmurod Yusupov<\/a>, o\u2018z faoliyatida ijtimoiy tadbirkorlik yondashuvini amalga oshirib, jamiyatda o\u2018zgarishlar yaratishni maqsad qilgan. Intervyu davomida loyiha qanday boshlangani, jamoaning roli, rahbar pozitsiyasi va ijtimoiy tadbirkorlik haqida suhbatlashdik.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-gallery has-nested-images columns-default is-cropped wp-block-gallery-1 is-layout-flex wp-block-gallery-is-layout-flex\">\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"682\" data-id=\"8870\" src=\"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/2025-05-01-10.33.46-1024x682.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-8870\" srcset=\"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/2025-05-01-10.33.46-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/2025-05-01-10.33.46-300x200.jpg 300w, https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/2025-05-01-10.33.46-768x512.jpg 768w, https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/2025-05-01-10.33.46-600x400.jpg 600w, https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/2025-05-01-10.33.46.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n<\/figure>\n\n\n\n<h2 class=\"wp-block-heading\">&laquo;Ish Plus&raquo; loyihasini tashkil qilishga nima turtki bo&#8217;ldi?<\/h2>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Meni bu loyihani boshlashga Toshkent shahrida 2018-2019 yillar nogironligi bo\u2018lgan shaxslar bilan qilgan tadqiqotim turtki bo\u2018lgan edi. Chunki, o\u2018sha payt ko\u2018plar menda ish topishda amaliy yordam so\u2018rashgan edi va shunda muammo katta ekanligini his qilganman.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Keyin COVID-19 pandemiyasi davomida Buyuk Britaniyaning Sussex universitetida PhD dissertatsiyamni yozayotgan paytim masofadan turib nogironligi bo\u2018lgan shaxslarga munosib ish topishda yordam berish uchun www.ishplus.uz maxsus rekruting veb-portali g\u2018oyasi kelgan.&nbsp;&nbsp;&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ushbu loyiha, nogironligi bo\u2018lgan shaxslar uchun maxsus rekruting veb-portali bo\u2018lib, ularni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta\u2019minlashga qaratilgan. Loyiha Toshkentdagi &laquo;Sharoit Plus&raquo; nodavlat notijorat tashkilotimiz jamoasi tomonidan 2021-yildan boshlab amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha orqali 500 dan ortiq nogironligi bo\u2018lgan shaxslar ish topish imkoniyatiga ega bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-gallery has-nested-images columns-default is-cropped wp-block-gallery-2 is-layout-flex wp-block-gallery-is-layout-flex\">\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"682\" data-id=\"8872\" src=\"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/2025-05-01-10.38.42-1024x682.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-8872\" srcset=\"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/2025-05-01-10.38.42-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/2025-05-01-10.38.42-300x200.jpg 300w, https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/2025-05-01-10.38.42-768x512.jpg 768w, https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/2025-05-01-10.38.42-600x400.jpg 600w, https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/2025-05-01-10.38.42.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n<\/figure>\n\n\n\n<h2 class=\"wp-block-heading\">&laquo;Sharoit Plus&raquo; \u2014 bu nafaqat loyiha, balki harakat, platforma, hatto jamoa. Loyihani realizatsiya qilish jarayoni qanday bo&#8217;ldi?<strong>&nbsp;<\/strong><\/h2>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Boshida loyihamiz UNICEF, BMT Taraqqiyot dasturi, Xalqaro mehnat tashkiloti va O\u2018zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi ko\u2018magida amalga oshirildi. Loyihani boshlash uchun 5 ming AQSH dollari miqdorida grant ajratildi.\u200b&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Boshida jamoamizda faqat men va bir koordinatorimiz Aziz Abdullayev bo\u2018lgan edi. Hozircha jamoamiz kengayib 10 kishiga yetdi. E\u2019tiborlisi shuki, jamoaning aksariyatida nogironlik holati bor va ularning o\u2018zlari ochiq mehnat bozorida ish topish qanchalik qiyin ekanligini o\u2018zlarida his qilishga va hayotiy tajriba orttirishgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ishplus.uz portali barcha toifadagi nogironligi bo\u2018lgan shaxslar uchun mo\u2018ljallangan bo\u2018lib, ko\u2018rish va eshitish imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun maxsus versiyalarga ega. Saytda ish beruvchilar ro\u2018yxati, vakansiyalar va rezyume yuborish imkoniyati mavjud.\u200b Keyin platformaning mobil ilovasini ham yaratdik va hozirda iOS va Android operatsion tizimlari uchun ishlaydi . Ilova <a href=\"https:\/\/play.google.com\/store\/apps\/details?id=com.biknaz.ishplusapp\">Android<\/a>\/<a href=\"https:\/\/apps.apple.com\/uz\/app\/ish-plus\/id6453603053\">iOS<\/a>.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-gallery has-nested-images columns-default is-cropped wp-block-gallery-3 is-layout-flex wp-block-gallery-is-layout-flex\">\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"576\" data-id=\"8875\" src=\"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/sharoitplus_cover-1-1024x576.jpeg\" alt=\"\" class=\"wp-image-8875\" srcset=\"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/sharoitplus_cover-1-1024x576.jpeg 1024w, https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/sharoitplus_cover-1-300x169.jpeg 300w, https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/sharoitplus_cover-1-768x432.jpeg 768w, https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/sharoitplus_cover-1-1536x864.jpeg 1536w, https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/sharoitplus_cover-1.jpeg 2048w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n<\/figure>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Loyiha doirasida nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning mehnat huquqlari bo\u2018yicha huquqiy maslahatlar beriladi. Shuningdek, ish beruvchilar bilan ishlash orqali ularning nogironligi bo\u2018lgan shaxslarni ishga olishdagi huquqiy majburiyatlari va kvotalar to\u2018g\u2018risida xabardorligi oshirilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<h2 class=\"wp-block-heading\">Ijtimoiy tadbirkorlik bilan an\u2019anaviy tadbirkorlik o\u2018rtasidagi asosiy farq nimada?<\/h2>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Asosiy farq maqsadda deb hisoblayman. Agar biznesda maqsad daromadni ko&#8217;payitirish va xarajatlarni kamaytirish bo&#8217;lsa, ijtimoiy tadbirkorlik jamiyatdagi muammolarni yechish yoki yumshatish uchun qaratilgan faoliyat hisoblanadi. Ijtimoiy tadbirkorlik bu biznes va xayriya kesishmasidagi faoliyat hisoblanadi. Uni shu ikki dunyodan farq qilib turuvchi juda nozik chegara bor. Masalan, <strong>ijtimoiy tadbirkorlik bu xayriya emas<\/strong>, tadbirkorlik degan so&#8217;zining o&#8217;zida aynan biznes yondashuv bo&#8217;lishi kerakligi haqida aytiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ijtimoiy tadbirkorlikning besh asosiy tamoyillaridan biri bu \u2014&nbsp;tadbirkorlik yondashuvi, iqtisodiy tomonidan o&#8217;zini-o&#8217;zi oqlash, ijtimoiy ta&#8217;sir, kengaytirish salohiyati va innovatorlik.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/lh7-rt.googleusercontent.com\/docsz\/AD_4nXc2rMY80ywJWIeqpuW8PknZXipHfoQT-CQmOwkqFTEMFvRORA8jwr-2aA-_hVMC6_eRnc-yNiBcczv2TlYKmVeEktRdqaBKuqjk3O9ciraFwtRQgHInIjd4Sj4_5SFhB-3ZNhPDoA?key=8CfpWZCkPCMaSoDEIPKBRmZ8\" alt=\"\"\/><\/figure>\n\n\n\n<h2 class=\"wp-block-heading\">Nogironligi bo\u2018lgan shaxslar uchun innovatsion ish joylarini yaratishda qanday yondashuvlar qo&#8217;llanyapti?<\/h2>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bizning asosiy innovatsiyamiz \u2014 bu turli xil nogironligi bor ish izlovchilar masofadan turib onlayn ravishda munosib ish topishlari edi. Chunki O\u2018zbekistonda ularga alohida raqamli sharoitlar yaratilgan va ular uchun munosib vakansiyalar chop etadigan maxsus onlayn platforma shu paytgacha yo\u2018q edi. Eng katta to\u2018siqlardan biri \u2014 bu nogironligi bor shaxslar mavjud bo\u2018sh ish o\u2018rinlar haqida ma\u2019lumot topishda edi, menimcha.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Masalan, ular uchun maxsus kvotalangan ish beruvchilar zaxiraga olishi kerak bo\u2018lgan vakansiyalar bo\u2018lishi kerak. Agar korxonada 20 dan ortiq xodim ishlasa,&nbsp; ish beruvchi nogironlar uchun 3% kvota ajratishi kerak. Ushbu kvotalangan ishlar haqida ma\u2019lumotlar Aholi bandligiga ko\u2018maklashish markazlarida saqlanadi va ularni olish uchun hali ko\u2018p harakat qilish kerak bo\u2018lgan. Biz veb-portalimizda bu jarayonni oson qilib ishlar haqida ma\u2019lumotlarni ochiq joylab boryapmiz.<\/p>\n\n\n\n<h2 class=\"wp-block-heading\">O\u2018zbekistonda ijtimoiy biznes uchun bozordagi talabni qanday baholaysiz? Ayniqsa, nogironligi bo&#8217;lgan shaxslar bilan bog\u2018liq xizmatlarda?<\/h2>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Menimcha, bu savol aynan ijtimoiy tadbirkorlik haqida. Hozircha hech nima deyolmayman bu masalada chunki &laquo;Tadbirkorlik haqida&raquo;gi yangi kodeksni Prezident hali imzolamadi. Shu kodeksda O&#8217;zbekistonda birinchi bor &laquo;ijtimoiy tadbirkorlik&raquo; tushunchasi berilgan qonunda.<\/p>\n\n\n\n<h2 class=\"wp-block-heading\">O\u2018zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qanday qonunlar yoki infratuzilma o\u2018zgarishi kerak deb hisoblaysiz?<\/h2>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Qonunlarimizda ijtimoiy korxonalarning turli huquqiy shakllarini aniq belgilashi va o\u2018z ichiga olishi kerak, shu jumladan o\u2018zini ijtimoiy korxona sifatida tanitgan xususiy korxonalarni ham. Ushbu huquqiy shakllarni aniq belgilash orqali turli tashkiliy tuzilmalar ostida faoliyat yuritayotgan bizneslar uchun mustahkam huquqiy asos yaratadi. Bunday aniqlik ko\u2018proq korxonalarni o\u2018zini rasmiy ravishda ijtimoiy korxona sifatida ro\u2018yxatdan o\u2018tkazishga undaydi va natijada ijtimoiy tadbirkorlik ta\u2019siri kengayadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ijtimoiy tadbirkorlik huquqiy tushunchasini belgilab olganimizdan so&#8217;ng, ijtimoiy tadbirkorlarni qo&#8217;llab-quvvatlash uchun davlat aniq bir choralarni amalga oshirish kerak va imtiyozlar taqdim qilish kerak. Masalan, soliq imtiyozlari, imtiyozli kredit, subsidiyalar va boshqa turdagi yordamlar.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-gallery has-nested-images columns-default is-cropped wp-block-gallery-4 is-layout-flex wp-block-gallery-is-layout-flex\">\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"682\" data-id=\"8871\" src=\"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/sussex-1024x682.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-8871\" srcset=\"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/sussex-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/sussex-300x200.jpg 300w, https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/sussex-768x512.jpg 768w, https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/sussex-600x400.jpg 600w, https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/sussex.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n<\/figure>\n\n\n\n<h2 class=\"wp-block-heading\">Shaxsiy va professional prinsiplaringiz qanday?<\/h2>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Men doim turli xil nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning jamiyatimizda to\u2018liq ishtirok etishini ta\u2019minlashga intilaman. Ilmiy va ijtimoiy faoliyatim O&#8217;zbekistonda tenglik va inklyuzivlikni rivojlantirishga qaratilgan. 2016-yil nogironligi bor hamkasblarim bilan &laquo;Sharoit Plus&raquo; nodavlat tashkilotiga asos solganmiz va bu tashkilot hozirda Toshkent shahrida keng faoliyati yuritib barcha uchun to\u2018siqsiz va inklyuziv jamiyatni rivojlantirishga qaratilgan. <strong>Men o&#8217;zimni O&#8217;zbekistonda vujudga kelayotgan nogironligi bo&#8217;lgan shaxslar harakatining ittifoqdoshi sifatida qabul qilaman<\/strong>.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Asosiy professional prinsiplarim: &laquo;Ularni tinglash va doimiy izlanishda bo&#8217;lish&raquo;. Chunki &laquo;Men PhD yoqladim, endi ekpertman&raquo; deb o&#8217;tirsam ham bo&#8217;lar edi. Lekin menda nogironlik bo\u2019yicha hayotiy tarjibam yo&#8217;q va bu borada nogironligi bo&#8217;lgan shaxslarning o&#8217;zlari ekspert hisoblanadi. Ularning bilimi va tajribasi men uchun eng muhim. Asosiy hayotiy tamoyilim: &laquo;Nogironligi bo&#8217;lgan shaxslar haqida, faqat ular orqali&raquo; (ingliz tilida Nothing about them, without them).<\/p>\n\n\n\n<h2 class=\"wp-block-heading\">Rahbar sifatida jamoadagi har bir insonni ilhomlantirish uchun qanday yondashuvlar qo\u2018llaysiz?&nbsp;<\/h2>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Har bir jamoa a\u2019zosining hissasini tan olaman va qadrlayman \u2014 chunki bu narsa ularning motivatsiyasini oshiradi. Kichik yutuqlarni ham ochiq tan olib, jamoamizga minnatdorchilik bildiraman. Eng muhimi, faoliyatimiz nima uchunligini, ya&#8217;ni katta maqsad va qadriyatlarni doim eslatib turaman. Chunki xodimlarimiz o\u2018z mehnatlari katta tasvirda qanday ahamiyat kasb etishini ko\u2018rsa, ko\u2018proq ilhomlanadi. Bizda gorizontlar boshqaruv tizimi joriy etilgan bo&#8217;lib, har bir xodimning fikri va taklifi inobatga olinadi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-gallery has-nested-images columns-default is-cropped wp-block-gallery-5 is-layout-flex wp-block-gallery-is-layout-flex\">\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"682\" data-id=\"8876\" src=\"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/sharoit-1024x682.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-8876\" srcset=\"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/sharoit-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/sharoit-300x200.jpg 300w, https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/sharoit-768x512.jpg 768w, https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/sharoit-600x400.jpg 600w, https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/sharoit.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n<\/figure>\n\n\n\n<h2 class=\"wp-block-heading\">Kelajakda nogironligi bo\u2018lganlar uchun raqamli xizmatlar bo\u2018yicha qanday yangiliklar kiritmoqchisiz?<\/h2>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Biz hozirda www.ishplus.uz veb-portalimizni takomillashtirish ustida ishlayapmiz, chunki 2021-yildan beri veb-portalimizda katta o&#8217;zgarishlar bo\u2019lmagan edi. Hozirgi kunga qadar to&#8217;planib qolgan tajriba va xatolarni ustida ishlagan holda platformamizni yangilayapmiz va yaqinda yangi funksiyalarini chop etib, e&#8217;lon qilamiz. Kelajakda sun&#8217;iy intellektni nogironligi bor shaxsning rezyumesidan kelib chiqqan holda munosib vakansiyani taklif qilish (ingliz tilida bu matching deb ataladi), mehnat huquqlari bo&#8217;yicha chatbot yaratish va SI\u2019ni ijtimoiy loyihalarimizga integratsiya qilish ustida bosh qotiryapmiz.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bundan tashqari, &laquo;Sharoit Plus&raquo; da yana boshqa ko&#8217;plab onlayn ijtimoiy yechimlar ustida ham ishlashni boshlaganmiz. Ulardan biri bu Kitob Plus.uz \u2014 O\u02bbzbekistonda birinchi nogironligi bo\u2018lgan shaxslar uchun onlayn audio kutubxona. Shuningdek, yaqin orada &laquo;O\u2018zbek imo-ishora tilini (USL) onlayn lug\u2018at veb-sayti va mobil ilovasini yaratish orqali rivojlantirish&raquo; loyihamizni ham boshlash arafasidamiz.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-gallery has-nested-images columns-default is-cropped wp-block-gallery-6 is-layout-flex wp-block-gallery-is-layout-flex\">\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"561\" data-id=\"8877\" src=\"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/\u0421\u043d\u0438\u043c\u043e\u043a-\u044d\u043a\u0440\u0430\u043d\u0430-2025-05-01-\u0432-10.47.31-1024x561.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-8877\" srcset=\"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/\u0421\u043d\u0438\u043c\u043e\u043a-\u044d\u043a\u0440\u0430\u043d\u0430-2025-05-01-\u0432-10.47.31-1024x561.png 1024w, https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/\u0421\u043d\u0438\u043c\u043e\u043a-\u044d\u043a\u0440\u0430\u043d\u0430-2025-05-01-\u0432-10.47.31-300x164.png 300w, https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/\u0421\u043d\u0438\u043c\u043e\u043a-\u044d\u043a\u0440\u0430\u043d\u0430-2025-05-01-\u0432-10.47.31-768x421.png 768w, https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/\u0421\u043d\u0438\u043c\u043e\u043a-\u044d\u043a\u0440\u0430\u043d\u0430-2025-05-01-\u0432-10.47.31-1536x842.png 1536w, https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/\u0421\u043d\u0438\u043c\u043e\u043a-\u044d\u043a\u0440\u0430\u043d\u0430-2025-05-01-\u0432-10.47.31-2048x1123.png 2048w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n<\/figure>\n\n\n\n<h2 class=\"wp-block-heading\">&laquo;Sharoit Plus&raquo;ni 5 yildan keyin qayerda ko\u2018rasiz?<\/h2>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">2030-yilgacha tashkilotimiz faoliyatini faqat Toshkent shahri emas balki butun Respublikamiz bo&#8217;yicha kengaytirishni reja qilganmiz. Albatta, bu moliyaviy va insoniy resurslarga borib taqaladi. Shuningdek, yuridik masalalar ham bor, masalan respublika miqyosida NNTni qaytadan ro&#8217;yxatdan o&#8217;tkazishimiz kerak bo&#8217;ladi. Jamoamizga yanada ko&#8217;proq turli xil nogironligi bor yoshlarni jalb qilish va ulardan jamoatchilik faollarini va yetakchilarini tayyorlash. Asosiy dasturiy yo&#8217;nalishlarimiz bo&#8217;lgan <strong>Ish Plus, Huquq Plus, Kitob Plus, Ta&#8217;lim Plus <\/strong>va<strong> Media Plus<\/strong>ni yanada rivojlantirish va mijozlarimiz qamrovini kengaytirish.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&laquo;Sharoit Plus&raquo; loyihasi \u2014 nogironligi bo\u2018lgan insonlarning mehnat bozorida munosib o\u2018rin egallashiga yordam berishga qaratilgan platforma. Bu loyiha asoschisi Dilmurod Yusupov, o\u2018z faoliyatida ijtimoiy tadbirkorlik yondashuvini amalga oshirib, jamiyatda o\u2018zgarishlar yaratishni maqsad qilgan. Intervyu davomida loyiha qanday boshlangani, jamoaning roli, rahbar pozitsiyasi va ijtimoiy tadbirkorlik haqida suhbatlashdik. &laquo;Ish Plus&raquo; loyihasini tashkil qilishga nima turtki bo&#8217;ldi?&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8870,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[10,410],"tags":[658,656],"class_list":["post-8869","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-report","category-interviews","tag-breport","tag-sharoitplus"],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v26.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Dilmurod Yusupov: Ijtimoiy tadbirkorlik xayriya emas, biznes yondashuv - Biznesreport<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Dilmurod Yusupov: Ijtimoiy tadbirkorlik xayriya emas, biznes yondashuv - Biznesreport\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"&laquo;Sharoit Plus&raquo; loyihasi \u2014 nogironligi bo\u2018lgan insonlarning mehnat bozorida munosib o\u2018rin egallashiga yordam berishga qaratilgan platforma. Bu loyiha asoschisi Dilmurod Yusupov, o\u2018z faoliyatida ijtimoiy tadbirkorlik yondashuvini amalga oshirib, jamiyatda o\u2018zgarishlar yaratishni maqsad qilgan. Intervyu davomida loyiha qanday boshlangani, jamoaning roli, rahbar pozitsiyasi va ijtimoiy tadbirkorlik haqida suhbatlashdik. &laquo;Ish Plus&raquo; loyihasini tashkil qilishga nima turtki bo&#8217;ldi?...\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Biznesreport\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-05-01T05:48:50+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-05-01T05:59:32+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/2025-05-01-10.33.46.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"853\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"biznesreport\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"biznesreport\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"Article\",\"@id\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/#article\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/\"},\"author\":{\"name\":\"biznesreport\",\"@id\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/#\/schema\/person\/2044e3e4ccc0ef26d2c719d5e8d098d9\"},\"headline\":\"Dilmurod Yusupov: Ijtimoiy tadbirkorlik xayriya emas, biznes yondashuv\",\"datePublished\":\"2025-05-01T05:48:50+00:00\",\"dateModified\":\"2025-05-01T05:59:32+00:00\",\"mainEntityOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/\"},\"wordCount\":1253,\"publisher\":{\"@id\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/#organization\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/2025-05-01-10.33.46.jpg\",\"keywords\":[\"#breport\",\"#sharoitplus\"],\"articleSection\":[\"B-report\",\"Intervyular\"],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/\",\"url\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/\",\"name\":\"Dilmurod Yusupov: Ijtimoiy tadbirkorlik xayriya emas, biznes yondashuv - Biznesreport\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/2025-05-01-10.33.46.jpg\",\"datePublished\":\"2025-05-01T05:48:50+00:00\",\"dateModified\":\"2025-05-01T05:59:32+00:00\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/2025-05-01-10.33.46.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/2025-05-01-10.33.46.jpg\",\"width\":1280,\"height\":853},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"\u0413\u043b\u0430\u0432\u043d\u0430\u044f \u0441\u0442\u0440\u0430\u043d\u0438\u0446\u0430\",\"item\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Dilmurod Yusupov: Ijtimoiy tadbirkorlik xayriya emas, biznes yondashuv\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/\",\"name\":\"Biznesreport - biznes, moliya, bank va texnologiyalar\",\"description\":\"biznes, moliya, bank va texnologiyalar\",\"publisher\":{\"@id\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/#organization\"},\"alternateName\":\"Biznesreport\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":{\"@type\":\"PropertyValueSpecification\",\"valueRequired\":true,\"valueName\":\"search_term_string\"}}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Organization\",\"@id\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/#organization\",\"name\":\"Biznesreport\",\"alternateName\":\"Biznesreport\",\"url\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/\",\"logo\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/#\/schema\/logo\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/cropped-cropped-photo_2024-10-10-10.17.30.jpeg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/cropped-cropped-photo_2024-10-10-10.17.30.jpeg\",\"width\":512,\"height\":512,\"caption\":\"Biznesreport\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/#\/schema\/logo\/image\/\"}},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/#\/schema\/person\/2044e3e4ccc0ef26d2c719d5e8d098d9\",\"name\":\"biznesreport\",\"sameAs\":[\"https:\/\/biznesreport.uz\"],\"url\":\"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/author\/biznesreport\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Dilmurod Yusupov: Ijtimoiy tadbirkorlik xayriya emas, biznes yondashuv - Biznesreport","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"Dilmurod Yusupov: Ijtimoiy tadbirkorlik xayriya emas, biznes yondashuv - Biznesreport","og_description":"&laquo;Sharoit Plus&raquo; loyihasi \u2014 nogironligi bo\u2018lgan insonlarning mehnat bozorida munosib o\u2018rin egallashiga yordam berishga qaratilgan platforma. Bu loyiha asoschisi Dilmurod Yusupov, o\u2018z faoliyatida ijtimoiy tadbirkorlik yondashuvini amalga oshirib, jamiyatda o\u2018zgarishlar yaratishni maqsad qilgan. Intervyu davomida loyiha qanday boshlangani, jamoaning roli, rahbar pozitsiyasi va ijtimoiy tadbirkorlik haqida suhbatlashdik. &laquo;Ish Plus&raquo; loyihasini tashkil qilishga nima turtki bo&#8217;ldi?...","og_url":"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/","og_site_name":"Biznesreport","article_published_time":"2025-05-01T05:48:50+00:00","article_modified_time":"2025-05-01T05:59:32+00:00","og_image":[{"width":1280,"height":853,"url":"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/2025-05-01-10.33.46.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"biznesreport","twitter_card":"summary_large_image","twitter_misc":{"Written by":"biznesreport","Est. reading time":"6 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"Article","@id":"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/#article","isPartOf":{"@id":"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/"},"author":{"name":"biznesreport","@id":"https:\/\/biznesreport.uz\/#\/schema\/person\/2044e3e4ccc0ef26d2c719d5e8d098d9"},"headline":"Dilmurod Yusupov: Ijtimoiy tadbirkorlik xayriya emas, biznes yondashuv","datePublished":"2025-05-01T05:48:50+00:00","dateModified":"2025-05-01T05:59:32+00:00","mainEntityOfPage":{"@id":"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/"},"wordCount":1253,"publisher":{"@id":"https:\/\/biznesreport.uz\/#organization"},"image":{"@id":"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/2025-05-01-10.33.46.jpg","keywords":["#breport","#sharoitplus"],"articleSection":["B-report","Intervyular"],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/","url":"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/","name":"Dilmurod Yusupov: Ijtimoiy tadbirkorlik xayriya emas, biznes yondashuv - Biznesreport","isPartOf":{"@id":"https:\/\/biznesreport.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/2025-05-01-10.33.46.jpg","datePublished":"2025-05-01T05:48:50+00:00","dateModified":"2025-05-01T05:59:32+00:00","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/#primaryimage","url":"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/2025-05-01-10.33.46.jpg","contentUrl":"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/2025-05-01-10.33.46.jpg","width":1280,"height":853},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/2025\/05\/01\/dilmurod-yusupov-ijtimoiy-tadbirkorlik-xayriya-emas-biznes-yondashuv\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"\u0413\u043b\u0430\u0432\u043d\u0430\u044f \u0441\u0442\u0440\u0430\u043d\u0438\u0446\u0430","item":"https:\/\/biznesreport.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Dilmurod Yusupov: Ijtimoiy tadbirkorlik xayriya emas, biznes yondashuv"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/biznesreport.uz\/#website","url":"https:\/\/biznesreport.uz\/","name":"Biznesreport - biznes, moliya, bank va texnologiyalar","description":"biznes, moliya, bank va texnologiyalar","publisher":{"@id":"https:\/\/biznesreport.uz\/#organization"},"alternateName":"Biznesreport","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/biznesreport.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":{"@type":"PropertyValueSpecification","valueRequired":true,"valueName":"search_term_string"}}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Organization","@id":"https:\/\/biznesreport.uz\/#organization","name":"Biznesreport","alternateName":"Biznesreport","url":"https:\/\/biznesreport.uz\/","logo":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/biznesreport.uz\/#\/schema\/logo\/image\/","url":"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/cropped-cropped-photo_2024-10-10-10.17.30.jpeg","contentUrl":"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/cropped-cropped-photo_2024-10-10-10.17.30.jpeg","width":512,"height":512,"caption":"Biznesreport"},"image":{"@id":"https:\/\/biznesreport.uz\/#\/schema\/logo\/image\/"}},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/biznesreport.uz\/#\/schema\/person\/2044e3e4ccc0ef26d2c719d5e8d098d9","name":"biznesreport","sameAs":["https:\/\/biznesreport.uz"],"url":"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/author\/biznesreport\/"}]}},"jetpack_featured_media_url":"https:\/\/biznesreport.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/2025-05-01-10.33.46.jpg","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8869","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8869"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8869\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8882,"href":"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8869\/revisions\/8882"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8870"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8869"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8869"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/biznesreport.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8869"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}