
O‘zbekistonda umumiy kapitali $5 million bo‘lgan yangi venchur fond — Imkon Ventures o‘z faoliyatini boshladi.
Yangi jamg‘arma texnologik startaplarga, ayniqsa ilk bosqich (pre-seed va seed) dagi loyihalarga sarmoya kiritishga ixtisoslashgan. Fond strategiyasida quyidagi yo‘nalishlarga alohida urg‘u berilgan:
- Fintech yechimlar;
- Sun’iy intellekt asosidagi texnologiyalar;
- SaaS (Software as a Service) asosidagi B2B platformalar;
- DeepTech — chuqur texnologik startaplar.
Shuningdek, fond xalqaro bozorga chiqish salohiyatiga ega mahalliy jamoalarni qo‘llab-quvvatlashga ustuvorlik beradi.
“Imkon Ventures” asoschilaridan biri — Qatarlik venchur investor Muhammad Xalil bo‘lib, u fondning boshqaruvchi sherigi ham hisoblanadi. Ikkinchi hamasoschi esa O‘zbekistonlik Tohir Mirzajonov.
Moliyaviy ko‘rsatkichlar:
- Har bir loyihaga: $50 000 – $150 000 investitsiya ajratiladi;
- Keyingi bosqichlarda qo‘shimcha sarmoya imkoniyati mavjud;
- Fond yaqin 2 yil ichida 25–30 ta startapni moliyalashtirishni rejalashtirgan.
Dastur orqali 2030-yilgacha 1 000 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi va mamlakatning raqamli iqtisodiyotiga sezilarli hissa qo‘shiladi.
Asosiy investor sifatida “Imkon Ventures”ni O‘zbekistonning davlat sarmoya fondi — UzVC qo‘llab-quvvatlamoqda.