Ishsizlik nafaqasi kimlarga beriladi? Bilasizmi?

“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, agar odam rasman ishsiz deb tan olinsa va mahalliy mehnat organiga ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsa, u holda u nafaqa olish huquqiga ega bo‘ladi.

Nafaqa siz ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan kuningizdan boshlab hisoblanadi va to‘lanadi. Ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko‘pi bilan 26 hafta davomida beriladi va yordam pullariga soliq solinmaydi. Shuningdek, siz nafaqa olish davrida ish qidirishingiz shart.

Ishsizlik nafaqasi kimga, qancha beriladi?

  • Siz ishdan va ish haqidan so‘nggi 12 oy ichida mahrum bo‘lganlar avvalgi ish joyingizdagi o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi miqdorida nafaqa olishingiz mumkin. Bunda nafaqa mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan (1 million 50 ming so‘m) kam yoki O‘zbekistondagi o‘rtacha ish haqidan (5 million 92 ming so‘m) ortiq bo‘lmaydi.
  • Agar ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan bo’lsangiz, sizga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining kamida 75 foizi miqdorida ishsizlik nafaqasi tayinlanadi. Ya’ni – 787 500 so’m.

Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?

➖Buning uchun my.gov.uz saytiga o’tib, «Ishsizlik nafaqasi» bo’limini tanlaymiz. Bo’sh kataklarga kerakli ma’lumotlarni kiritib, ariza yuboramiz.
➖Shunday so’ng, mahalliy mehnat organi sizni ishsiz deb e’tirof etish/etmaslik, ishsizlik nafaqasini tayinlash/tayinlamaslikni hal qiladi va xulosani YIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.
➖Agar siz haqiqatdan ham ishsiz deb e’tirof etilsangiz, sizga ro‘yxatga olingan birinchi kuningizdan boshlab ishsizlik nafaqasi hisoblab beriladi.

Biznesreport.uz avvalroq #Bilasizmi ruknida kechiktirilgan ish haqi uchun foiz undirilishi haqida yozgan edi.

Back To Top