Bolalar bank kartasi nima? Qanday foydalanish mumkin?

O’zbekistonda bolalar bank kartalari 6 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan maxsus moliyaviy vosita bo’lib, ota-onalarning nazorati ostida ochiladi va foydalaniladi. Psixologlar ta’kidlashicha, 10 yoshga kelib bolalar pulning qadr-qimmatini to’liq tushunib, mustaqil va ongli ravishda xaridlarni amalga oshirishga tayyor bo’lishadi. Raqamli moliyaviy texnologiyalar rivojlanayotgan bugungi kunda, bolalarni moliyaviy savodxonlikka o’rgatishning eng samarali usullaridan biri ularning ismiga bank kartasi ochish hisoblanadi.

Bolalar bank kartasi nima?

Bolalar bank kartasi quyidagicha ishlaydi: siz o‘z nomingizga maxsus bank karta hisobini ochasiz bank kartasi esa farzandingizning ismiga ochiladi va bank kartasiga farzandigniz ismi yoziladi. Ushbu bank kartasi yordamida to‘lovlarni amalga oshirish yoki pullarni naqdlash mumkin.

Bolalarga bank kartasini ochish uchun ota-ona yoki vasiy shaxs nima qilishi kerak?

Ota-onalar Humo, Uzcard yoki VISA bolalar bank kartalariga buyurtma berishlari mumkin. Ba’zi banklar qo‘shimcha imkoniyat sifatida bolalar bank kartalarini maxsus dizayn bilan taklif etishadi. Siz 10 yoshdan kata farzandaringiz uchun bolalar bank kartasini ochishingiz mumkin.

Buning uchun nima qilish kerak:

1. Pasport, farzandingizning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bilan bankning istalgan filialiga kelasiz va bolalar bank kartasiga ariza qoldirasiz. Bazi banklarda ushbu bolalar bank kartasini onlayn rasmiy veb sayt orqali buyurtma berishingiz mumkin.

2. Bank kartasi bilan operatsiyalarni amalga oshirishga rozilik berish.

3. Bank kartasining tayyorligi haqida qo‘ng‘iroq yoki SMS-xabarni kuting. Bank kartasining tayyor bo‘lish vaqti bir necha kun bo‘lishi mumkin (taxminan 3 dan 10 kungacha).

4. Tayyor bo‘lgandan so‘ng bankdan kartani olib ketish.

5. Farzandingiz uchun moliyaviy rejalashtirish va nazorat qilish uchun bankning mobil ilovasini o‘rnatish.

Bolalarning xarajatlarini qanday qilib nazorat qilish mumkin?

Cheklovni o‘rnatish. Birinchi bo‘lib bolaga pul boshqarishni tushuntirish kerak shundan so‘ng agar zarur bo‘ladigan bo‘lsa cheklovni o‘rnatish kerak. Bolalar cheklovni to‘g‘ri tushunib yetishi kerak ya’ni cheklovni norma deb qabul qilishi kerak.

Birinchi bo‘lib sarflash chegarasini to‘g‘ri o‘rnatishingiz kerak. Eng yaxshi yo‘li bu – boladan odatda nimani sotib olishini va qancha xarajat qilishini eslab qolishini so‘rashdir. Yaxshisi bir haftalik cheklov qo‘yish kerak: chunki sarf-xarajatlar kunlarga qarab farq qilishi mumkin.

Harajatlar cheklovi. Ota yoki onaning mobil raqamiga SMS-xabarnomani o‘rnatish orqali bolaning sarf-xarajatlari haqida ma’lumot olish mumkin. Bundan tashqari, farandingiz internetda onlayn xaridni amalga oshirishga harakat qilganda, ota yoki onaga to‘lovni tasdiqlash uchun SMS-xabarnoma keladi. Shuningdek, siz bank kartasiga sarf-xarajatlar bo‘yicha internet to‘lovlariga (xorijiy valyuta kartalari uchun) cheklovlarni o‘rnatishingiz mumkin.

Bolalar bank kartalarining afzalliklari

Bolalar bank kartasining asosiy afzalligi bu xavfsizlikdir. Do‘konga borganda bolangizga maosh kelib tushadigan kartangizni bermaysiz, Ushbu bank kartasi bilan ota-ona xavfsiz va xotirjam bo‘la oladi, farzandingiz esa xarajatlarda mustaqil bo‘la oladi.

  • Xavfsizlik. Bank kartasida pulni saqlash o‘zingiz bilan naqd pul olib yurishdan ko‘ra ancha qulayroq va xavfsizroqdir. Ayniqsa bolalar bank kartasini yo‘qotish xavfi mavjud bo‘lsa-da, bank kartasini blokirovka qilish orqali orqali bank kartasini ximoyalash mumkin
  • Saqlash. Amaliyotlar shuni ko‘rsatadiki bolalar odatda beparvolik bilan olib yuriladigan banknotlar va tangalarga qaraganda bank kartalarini kamroq yo‘qotadilar.
  • Aniqlik. Bank kartasi yordamida to‘lovlarni amalga oshirishda hech qachon qaytimlar bilan bog‘liq chalkash vaziyat bo‘lmaydi.
  • Tezlik. Zarur vaqtda, ota-onalar bolaning qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar uning kartasiga tezda pul o‘tkazishlari mumkin.
  • Rejalashtirish. Bank kartasi yordamida bolalar o‘z xarajatlarini boshqarishni o‘rganishlari mumkin. Bank kartasidagi mablag‘larning mavjudligi bolada o‘z xarajatlarini oldindan rejalashtirish va tejash odatini uyg‘otadi. Kelajakda bu albatta foydali bo‘ladi.

Bolalar bank kartalarining kamchiliklari

  • Ortiqcha xarajat. Bolalar bank kartasidagi pulga reallik deb qaramasdan kerak bo‘lgandan ko‘proq pul sarflashlari mumkin.
  • Moliyaviy xatarlar. Bolalar bank va bank kartasi bilan munosabat o‘rnatishda tajribaga ega bo‘lmaganligi sababli firibgarlar ulardan bank kartasi va unga tegishli ma’lumotlarni osongina olishlari mumkin.
  • Bank kartasining yo‘qolishi. Bolalar kattalar kabi intizomli emaslar, shuning uchun bolalarda bank kartasini yo‘qotish yoki sindirish ehtimoli ko‘proq. Bank kartasiga qayta buyurtma berish oddiy amaliyot, ammo bu biroz vaqt talab qiladi.

Moliyaviy xavfsizlik qoidalari: bolalarni nima haqida ogohlantirish kerak

Barcha bank karta egalari uchun amal qiluvchi qoidalar mavjud. Bolaga moliyaviy xavfsizlikning asosiy qoidalarini tushuntirish kerak shunda bola ularni doimo eslab yuradi.

  • karta ma’lumotlarini hech kimga oshkor qilmaslik kerak (jumladan PIN kod, bank kartasi raqami va orqa tarafdagi CVC/CVV kod)
  • ijtimoiy tarmoqlarda bank kartasi fotosuratlarini yuborish va joylashtirish taqiqlanadi;
  • ota-onadan boshqa hech kimning qo‘liga bank kartasi xaridni amalga oshirish uchun berilmasligi kerak;
  • notanish web saytlarda bank kartasi ma’lumotlarini ro‘yxatdan o‘tkazmaslik kerak.

Qaysi banklarda ochish mumkin?

Anorbankdan UZCARD KIDS kartasi 

Karta qulaylik va komissiya olmasdan to‘ldirish, oyiga 0 so‘m evaziga bepul yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish kabi foydali shartlarni taklif etadi. Kartani yanada jozibali qiladigan noyob dizayn uning qo‘shimcha afzalligi hisoblanadi.

Kapitalbankdan Uzcard Kids kartasi 

Karta bepul chiqariladi va komissiyasiz (0%) xizmat ko‘rsatiladi. Uni olish uchun ariza berish va shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasini taqdim etish kerak. 14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, pasport, shuningdek, ota-ona yoki vasiylardan birining yozma roziligi talab qilinadi.

Orient FinansBankdan OFB KIDS kartasi

«Visa Classic» xalqaro plastik kartasi (so‘m) 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mavjud va bola rivojlanishida OFB hamkorlari bilan ta’lim kurslariga 20% gacha chegirmalarni taklif qiladi. Kartani oflayn (bank bo‘linmalarida 35 000 so‘m evaziga (QQS bilan), shundan 15 000 so‘m – bank komissiyasiga, 20 000 so‘m – karta hisobvarag‘ini to‘ldirishga) yoki onlayn (bank sayti orqali 10 000 so‘m evaziga (QQS bilan), bunda hisobvaraqni to‘ldirish majburiy hisoblanmaydi) tartibda rasmiylashtirish mumkin. Kartaga xizmat ko‘rsatish uchun yillik abonent to‘lovi nazarda tutilmagan.

Asia Alliance Bankdan Humo Junior kartasi 

Kartaning chiqarilishi va xizmat ko‘rsatilishi bepul, 14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan mijozlarga mos keladi. U aloqasiz to‘lovlarni qo‘llab-quvvatlaydi va transport kartasi sifatida ham ishlatilishi mumkin. Rasmiylashtirish uchun bolaning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va ota-onasidan birining shaxsini tasdiqlovchi hujjati talab qilinadi. 

Ipotekabankdan Humo Junior kartasi 

Karta chiqarilganligi uchun komissiya to‘lamasdan beriladi va ota-onasi yoki qonuniy vakillari qaramog‘idagi 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan fuqarolar uchun mo‘ljallangan.

    Back To Top