
Shopify o’zining e-tijorat platformasiga yangi generativ sun’iy intellekt funksiyasini qo’shdi.
Yangi vosita «AI Store Builder» – foydalanuvchilarga faqat kalit so’zlar kiritish orqali avtomatik tarzda to’liq funksional onlayn do’kon yaratish imkonini beradi. Bu innovatsiya, ayniqsa, texnik bilimga ega bo’lmagan sotuvchilar uchun katta yengillik yaratadi.

«AI Store Builder» nima va u qanday ishlaydi?
«AI Store Builder» – Shopify tomonidan ishlab chiqilgan yangi AI vositasi bo’lib, bu sotuvchilarga do’kon yaratish jarayonini avtomatlashtirish orqali vaqt va resusrlarni tejashga yordam beradi.
Shuningdek, foydalanuvchi o’z do’konining tavsifini kalit so’zlar shaklida kiritadi:
- «bolalar kiyimlari, ekologik, zamonaviy»;
- «sport anjomlari, erkaklar uchun, premium».
Shundan so’ng, tizim avtomatik 3 xil do’kon maketini yaratadi. Har bir maket sahifa dizayni, rasmlar va bannerlar, mahsulot tavsiflari, nomlari va kontent uchun moslashtirilgan matnlarni o’z ichiga oladi.
Yaratilgan maketlar foydalanuvchi tomonidan keyinchalik sozlanishi yoki o’zgartirilishi mumkin. Bu esa AI yordamida boshlanib, foydalanuvchining ijodiy yondashuvi bilan boyitilishi mumkinligini anglatadi.
Foydalanuvchiga murakkab interfeys orqali sahifa yaratish o’rniga, nima istashlarini erkin ifodalash imkonini beradi. Sun’iy intellekt bu orzularni haqiqatga aylantiradi, – dedi «Shopify»ning mahsulot bo’yicha vitse-prezidenti Vanessa Lee.
Bu yondashuv dizayn, kontent yozish va texnik sozlamalar bilan shug’ullanishni sun’iy intellekt zimmasiga yuklaydi, natijada foydalanuvchi faqat o’z biznesiga e’tibor qaratadi.