“Uzbekistan Airways” sof foydasi qisqardi

“Uzbekistan Airways” AJning 2025-yil I choragidagi sof foydasi 49,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,3% kam (2024-yil I chorakda — 61,4 mlrd so‘m).

Shu bilan birga, kompaniyaning sof tushumi 3,8 trln so‘mdan oshib, 12,3% o‘sdi, ammo yalpi foyda 171,2 mlrd so‘mni tashkil etib, 38% ga qisqardi.

Moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha:

  • Uzoq muddatli kreditlar hajmi 7,5 trln so‘mdan 6,8 trln so‘mga kamaydi (-9,6%)
  • Qisqa muddatli bank kreditlari esa 8,5 mlrd so‘mdan 27,2 mlrd so‘mga oshdi (+219%)

Eslatma: 2026-yil II yarmida “Uzbekistan Airways” kompaniyasi IPO (aksiyalarni dastlabki joylashtirish) ni o‘tkazishi rejalashtirilgan. Prezident qaroriga asosan, bu jarayon “Franklin Templeton” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etiladi. IPO doirasida kompaniyaning 15–20% aksiyalari xalqaro va mahalliy fond bozorlarida joylashtiriladi

Back To Top