
Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) yangi hisobotida O‘zbekistonda islomiy moliya bozori jadal o‘sishini prognoz qilmoqda. Xususan, islomiy banking aktivlari hajmi $2,4 mlrdgacha oshishi mumkin.
Shu bilan birga, sukuk (islomiy obligatsiyalar) aktivlari $1,8 mlrddan oshib ketadi.
Hisobotda Markaziy Osiyoda islomiy moliyaning o‘sish salohiyati yuqori ekanligi ta’kidlangan. Bu aholi sonining ko‘payishi va bunday mahsulotlar haqidagi xabardorlikning oshishi bilan bog‘liq.
2028-yilga borib mintaqadagi islomiy banking aktivlari hajmi $2,5 mlrdga, 2033-yilga kelib esa qariyb $6,3 mlrdga yetadi. Sukuk aktivlari 2028-yilda $2,1 mlrdga, 2033-yilga kelib esa $5,6 mlrdga o‘sadi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston islomiy moliyani rivojlantirish bo‘yicha Qozog‘istondan orqada, biroq huquqiy asos yaratilishi bilan vaziyat o‘zgarishi mumkin. 2028-yilga kelib mamlakatda islomiy banking aktivlari $1,1 mlrdgacha, sukuk aktivlari esa 2033-yilga borib $600 mlndan $1,9 mlrdgacha o‘sishi kutilmoqda.
Shunga qaramay, mamlakat 2033-yilda ham mintaqada Qozog‘istondan keyingi 2033-yilga kelib islom banklari aktivi $6,3 mlrdga yetadi — ikkinchi o‘rinni egallaydi.