«II Hududlararo konferensiya»da ishtirok etgan va ta’minot zanjiri, logistika hamda ekspeditorlik sohasida yuqori nufuzga ega bo‘lgan O‘zbekiston Xalqaro Ekspeditorlar Assotsiatsiyasining faxriy a’zosi Salixov Sohibxon mamlakatning ta’minot zanjiri va logistika sohasidagi o‘rni haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Konferensiya onlayn formatda oʻtkazilib, xorijiy kompaniyalarining tashqi iqtisodiy xizmatlari, davlat organlari va ekspertlarining 200 dan ortiq vakillarini birlashtirdi. Muhokamalar zamonaviy tashqi savdo vositalari, tashqi iqtisodiy faoliyatni raqamlashtirish, logistika yoʻlaklarini rivojlantirish va bojxona tartiblarini takomillashtirish kabi keng koʻlamli masalalarni qamrab oldi.
Xalqaro ta’minot zanjirlaridagi oʻzgarishlar fonida Markaziy Osiyo mamlakatlariga, xususan, Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqish sezilarli darajada oshdi. Soʻnggi yillarda mamlakat oʻz infratuzilmasini maqsadli ravishda mustahkamlab kelmoqda: yangi temiryoʻl va avtomobil yoʻllari faol qurilmoqda, quruqlikdagi chegara oʻtish punktlari modernizatsiya qilinmoqda, bu esa asosiy transport tugunlari orqali yuklarning uzluksiz harakatlanishini taʼminlamoqda.
Salixov Sohibxon, ta’minot zanjiri boshqaruvi sohasidagi taniqli yetakchi ekspert, Oʻzbekiston logistika salohiyatini rivojlantirish boʻyicha oʻz qarashlarini bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, amalga oshirilayotgan choralar allaqachon sezilarli natijalar bermoqda.
«Bugun Oʻzbekiston mintaqaviy transport yoʻnalishlarining asosiy boʻgʻiniga aylanmoqda. Mamlakatimizning qulay geografik joylashuvi bizga noyob logistika imkoniyatlarini yaratmoqda. Biz infratuzilmani faol modernizatsiya qilmoqdamiz va xalqaro hamkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqdamiz, shu bilan birga savdo imkoniyatlarini kengaytirib, tranzit salohiyatimizni mustahkamlashda davom etyapmiz,» – dedi u.
Jismoniy infratuzilmaning rivojlanishi bilan bir qatorda, Oʻzbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida raqamli texnologiyalar ham jadal joriy etilmoqda. Elektron bojxona deklaratsiyalari va yuk kuzatuv tizimlarining joriy qilinishi barcha logistika jarayonlarining shaffofligini sezilarli darajada oshirdi. Salixov Sohibxon raqamlashtirish byurokratik toʻsiqlarni kamaytirish va yuklarni rasmiylashtirish muddatlarini qisqartirish orqali tashqi savdo operatsiyalarining umumiy samaradorligini oshirishini taʼkidladi.
«Bugun raqamlashtirish shunchaki zamonaviy tendensiya emas, balki tashqi iqtisodiy faoliyatning barqaror rivojlanishi uchun muhim omilga aylangan. Bugun raqamlashtirish shunchaki zamonaviy tendensiya emas, balki tashqi iqtisodiy faoliyatning barqaror rivojlanishi uchun zarur omilga aylangan. Logistika jarayonlarini toʻliq shaffof, bashorat qilinadigan va real vaqt rejimida boshqariladigan qilish, bu davrning talabi» deya taʼkidladi ekspert.
Tadbir doirasida Oʻzbekiston ta’minot zanjiri va logistika sohasidagi investitsiya imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi. Logistika loyihalarini subsidiyalash boʻyicha davlat dasturlari xorijiy investorlarga jalb qilishda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda. Shaffof va aniq mexanizmlar xalqaro kompaniyalarning ishonchini oshirib, yirik infratuzilma loyihalarining amalga oshirilishini ragʻbatlantirmoqda. Salixov Sohibxon shunday dedi:
«Logistikani rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar, bu uzoq muddatli iqtisodiy barqarorlik va farovonlikka qaratilgan sarmoyadir. Bugungi kunda milliy tizimimiz xorijiy hamkorlar tomonidan O‘zbekistonni ishonchli va ochiq hamkor sifatida qabul qilinishiga xizmat qilmoqda. Uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdagi bu ijobiy tendensiya esa quvonarli holatdir.»
Bundan tashqari, O‘zbekistonning xalqaro ko‘rgazmalar, forumlar va maxsus tadbirlarda faol ishtiroki mamlakatning global maydondagi raqobatbardoshligini mustahkamlab bormoqda. Milliy sanoatning tashqi bozorlarda o‘z o‘rnini tobora mustahkamlab borayotgani ham O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatining oshayotganini ko‘rsatmoqda.
«Biz O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishning izchil oshib borayotganini kuzatmoqdamiz. Bu muvaffaqiyat davlat va xususiy sektorlarning muvofiqlashtirilgan harakatlari natijasidir. Ishonchim komilki, yaqin yillarda O‘zbekiston Yevroosiyo mintaqasining yetakchi transport-logistika markazlaridan biriga aylanadi.» deya ta’kidladi Salixov Sohibxon.
Mahliyo Hamidova tayyorladi.