Avvalroq OneID nima ekanligi va ochish haqida maxsus qo’llanma tayyorlagan edik. Bugun esa e-imzo, uning One-ID’dan farqi va qanday qilib ochishni o’rganamiz.

Elektron imzo (E-imzo) nima?
Elektron imzo — bu hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqlovchi raqamli kod bo‘lib, u an’anaviy qo‘l imzoga tenglashtiriladi. U orqali hujjatlarni elektron shaklda tasdiqlash, davlat xizmatlaridan foydalanish, shartnomalar tuzish va boshqa ko‘plab jarayonlarni masofadan turib amalga oshirish mumkin.
Elektron imzoni (E-imzo) qanday olish mumkin?
1. My.gov saytiga kirib, u yerda «Soliqlar» bo’limiga o’tiladi;
2. So’ngra «Jismoniy shaxslar uchun elketron imzo olish» tugmasini bosasiz
3. Xizmat tafsifi bilan tanishib chiqing va arizani to’ldirishni boshlang;
4. So’ralgan ma’lumotlarni birin-ketin kiriting;
5. Ishni identifikatsion raqamni to’ldirishdan boshlang va boshqa ma’lumotlarni ham yozishni unutmang;
6. Endi uni saqlash uchun diskni tanlab, 8 ta raqamdan iborat parol kiriting;
7. Parolni o’chirishga shoshilmang, keyingi qadamda MyID ilovasi orqali shaxsingizni tasdiqlang;
8. Ilovani ochib ekrandagi QR kodni skanerlang va to’lovni qulay usulda amalga oshiring;
9. Natija uzoq kuttirmaydi, maksimum 5 daqiqa kifoya. Amallar xronologiyasi kuzatib turishingiz ham mumkin.
10. Endi tasdiqlangan e-imzoni kodni kirib yuklab oling. Tabriklaymiz, endi 2 yil amal qilish muddatiga ega e-imzoni oldingiz!
OneID va E-imzoning farqi nimada?
E-imzo – bu raqamli imzo, ya’ni hujjatlar yoki onlayn xizmatlardan foydalanishda shaxsni tasdiqlovchi maxsus kriptografik kalit. U USB-token, ID-karta yoki maxsus dastur orqali ishlaydi.
OneID – bu Yagona identifikatsiya tizimi, ya’ni davlat xizmatlari portallariga kirish uchun ishlatiladigan onlayn shaxsiy kabinet. OneID orqali fuqarolar my.gov.uz, soliq.uz, davxizmat.uz kabi platformalarga kirib, xizmatlardan foydalanishlari mumkin.
Video qo’llanma esa bu yerda.