Open Banking: Moliyaviy sanoatni o’zgartiruvchi innovatsiya

Open Banking – bu moliyaviy xizmatlarning yangi modeli bo’lib, uchinchi tomon ilovalarga bank ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

An’anaviy bank tizimida ma’lumotlar har bir bank ichida yopiq holda saqlanadi, bu esa mijozlarga bir nechta platformalar bilan bog‘lanish imkoniyatini cheklaydi. Open Banking esa barcha moliyaviy ma’lumotlarni standart formatda uzatish va bank xizmatlarini fintex ilovalar bilan integratsiya qilish imkonini beradi.

Open Banking qanday ishlaydi?

Open Banking asosan quyidagi usullardan foydalanadi:

  • Foydalanuvchilarning bank hisob raqamlari, balanslari va tranzaksiya tarixiga o‘qish uchun ruxsat beradi.
  • To‘lovlarni amalga oshirish, avtomatik to‘lovlar va boshqa moliyaviy operatsiyalarni bajarish imkonini beradi.
  • Banklar va uchinchi tomon xizmatlari moliyaviy mahsulotlar va stavkalar haqida ma’lumotlarni almashish uchun foydalanadi.

Open Banking xizmatining ijobiy tomonlari:

  • Bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati cheklangan mijozlar ham yangi fintex ilovalari orqali moliyaviy xizmatlarga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
  • Yangi fintex kompaniyalarning bozorga kirishini osonlashtiradi, bu esa an’anaviy banklar uchun xizmat sifatini yaxshilashga turtki bo‘ladi.
  • Tranzaksiyalar bevosita mijozning bank hisobidan amalga oshirilishi tufayli an’anaviy to‘lov tizimlariga qaraganda tezroq va arzonroq bo‘ladi.
  • Banklar va fintex kompaniyalari strategik qarorlarni aniqroq qabul qilish uchun real vaqt rejimidagi moliyaviy ma’lumotlardan foydalanishi mumkin.

Open Banking xizmatining salbiy tomonlari:

  • Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va firibgarlikning oldini olish muhim masala hisoblanadi
  • Tashqi tizimlar bilan integratsiya qiyin bo’lishi mumkin
  • An’anaviy banklar va moliyaviy xizmatlar uchun Open Banking yangi tizimga moslashish vaqt va resurs talab etadi.

Open Banking bilan ishlaydigan dunyo tizimlari

Open Banking global moliyaviy ekotizimda tobora kengayib bormoqda. Quyidagi yirik kompaniyalar Open Banking xizmatlarini yo‘lga qo‘ygan:

  • Plaid (AQSh) – Bank ma’lumotlarini fintex ilovalar bilan bog‘lash imkonini beruvchi yetakchi platforma.
  • Tink (Yevropa) – Open Banking xizmatlari orqali moliyaviy xizmatlarni soddalashtiruvchi kompaniya.
  • TrueLayer (Buyuk Britaniya, Yevropa) – Open Banking orqali tezkor to‘lov va hisoblarni boshqarish xizmatlarini taqdim etadi.
  • Yapily (Buyuk Britaniya) – Fintex startaplar va banklar uchun Open Banking xizmatlari.
  • Finicity (AQSh) – Open Banking asosida kredit skoring va to‘lov tizimlarini boshqarish.
  • Mastercard Open Banking (Global) – Open Banking infratuzilmasini rivojlantirish va xavfsiz to‘lov tizimlarini qo‘llab-quvvatlash.
  • Visa Open Banking (Global) – Bank ma’lumotlarini fintex xizmatlarga ulash orqali tezkor va xavfsiz tranzaksiyalarni ta’minlash.

Xulosa qilib aytganda, Open Banking moliyaviy xizmatlarning kelajagini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Bu model tezkor to‘lovlar, yaxshilangan moliyaviy boshqaruv va yangi innovatsion xizmatlarni yaratish imkonini beradi. Shu bilan birga, xavfsizlik, va integratsiya masalalariga e’tibor qaratish lozim.

Back To Top