Qanday qilib bog’chaga joylashtirish uchun elektron ariza topshirish mumkin?

Bolalarni bog’cha joylashtirish uchun ariza topshrishni onlayn shaklda, uydan chiqmasdan ham amalga oshirish mumkin. Buning uchun Davlat xizmatlari portalidan foydalanish kifoya.

Keling, jarayonni birma-bir ko’rib chiqamiz:

1. my.gov.uz platformasidan OneID bilan shaxsiy hisobga kiriladi. Qanday qilib hisob ochish haqida avvalroq ma’lumot berganmiz;

2. «Oila va bolalar» sahifasidan «Bolani bog‘chaga joylashtirish» xizmati tanlanadi;

3. Mazkur xizmat tanlagandan keyin «Xizmatdan foydalanish» tugmasi bosiladi va navbatdagi sahifada telefon raqam kiritiladi. 

So‘ng bog‘chaga joylashtiriladigan farzand tanlanadi. Agar ma’lumotlar avtomatik shakllanmasa, ularni ketma-ketlikda kiritib chiqish kerak. Ya’ni tug’ilganlik to’g’risidagi hujjat shakli, guvohnoma seriyasi va raqami so’raladi;

4. Bola haqidagi ma’lumotlar to‘ldirilgach, hudud, tuman va maktabgacha ta’lim muassasasi raqami yoki nomi belgilanadi;

5. So‘ng xaritada tumandagi bog’chalarning joylashgan manzili ko‘rsatiladi;

6. Xaritaning pastki qismida arizachi tanlagan bog‘chasi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ladi: qaysi mahallada joylashgani, muassasa rahbari ism-familiyasi, sig‘imi, joylashtirilgan bolalar soni, hozirda mavjud navbat va imtiyozli navbatlar soni ko‘rsatiladi.

Shuningdek, guruhlar soni, nechta bola qabul qilinishi va hozirda mavjud bo‘sh joylar hamda qabul qilinishi kutilayotganlar soni haqida ma’lumotlar taqdim etiladi;

7. So‘ng, bo‘sh joy mavjud bo‘lgan guruh tanlanib ariza jo‘natiladi. Keyingi bo‘limlarda navbatni tekshirish va navbatdan chiqarish amallarini bajarish mumkin;

8. Yo‘llanma bo‘sh joy paydo bo‘lgan kundan boshlab bir ish kuni ichida taqdim etiladi. Uni olgandan keyin 15 kun ichida bog‘chaga olib borish kerak.

Shuningdek, ayrim shaxslarga bolani bog‘chaga qo‘yishda imtiyozlar mavjud: 

• I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

• ko‘p bolali oilalar;

• yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolganlar;

• «Ayollar daftari»ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollar;

• kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlari;

• talabalar va pedagoglar;

• akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanayotganlar;

• ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan bog‘chalardan umumiy turdagi bog‘chalarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.

Back To Top