Hindistonning fintex sohasidagi yetakchi kompaniyalaridan biri — JusPay, 2025-yilda birinchi unikorn bo‘lish arafasida turibdi. Kompaniya hozirda 150 million $ investitsiya jalb qilish jarayonida va bu uni 1 milliard $ qiymatga ega texnologik gigantga aylantiradi.

Ma’lumot uchun, Unikorn kompaniya — bu bozordagi bahosi 1 mlrd $ dan ortiq bo‘lgan xususiy startap kompaniya hisoblanadi.
JusPay nima va u qanday ishlaydi?
JusPay — bu Hindistondagi eng yirik raqamli to‘lov platformalaridan biri. U onlayn to‘lovlarni avtomatlashtirish va xavfsizligini oshirishga qaratilgan innovatsion texnologiyalarni taklif etadi.
JusPayning asosiy xizmatlari:
- Bir marta bosish orqali to‘lovlar
- Real vaqtda xavfsiz tranzaksiyalarni amalga oshirish imkoni
- Tokenizatsiya xizmatlari
To’lov tizimi allaqachon 2025-yil uchun o’z rejalarini bayon qildi:
- Yangi texnologiyalar, jumladan AI va IoT orqali to‘lov infratuzilmasini yaxshilash;
- Hindiston bozorida yetakchilikni mustahkamlash;
- MENA (Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika) va Janubi-Sharqiy Osiyoga kirish;