Netflix 2024-yil uchun moliyaviy natijalarni eʼlon qildi

Netflix 2024-yilning to‘rtinchi choragi va butun yil bo‘yicha o’z moliyaviy natijalarni eʼlon qildi. Kompaniya nafaqat moliyaviy ko‘rsatkichlarda, balki obunachilar soni bo‘yicha ham yangi cho‘qqilarga erishdi.

Tizimning 2024-yil uchun moliyaviy natijalari quyidagilardan iborat:

  • 4-chorak uchun daromadi: $10,25 milliard (16% o‘sish)
  • 4-chorak uchun sof foydasi: $1,87 milliard (2x o‘sish)
  • Yillik daromad: $39 milliard (2023-yilda $33 milliard edi)
  • Yillik sof foyda: $8,7 milliard (2023-yilda $5,4 milliard edi)

Bundan tashqari, Netflix ning premium obunachilari soni 301,6 million ga yetdi. Bu raqamlar tizimning dunyodagi eng yirik media platformasi ekanligini tasdiqlaydi.

Xo’sh, tizim 2025-yil mobaynida yanada yangi marralarni zabt eta oladimi?

Back To Top