29-oktabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi O’zbekistonning 2025-yil uchun davlat budjeti e’lon qilindi. Qayd etilishicha, O’zbekistondagi 18 ta vazirllikka jami 195 trln 763 mlrd so’mdan ortiq mablag’ yo’naltirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2025-yilda boshqa davlat idoralariga 49 trln 989 mlrd so’m yo’naltirilishi ochiqlandi.
Shu o’rinda, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi uchun ajratilgan mablag’lar bo’yicha aniq ma’lumotlar qayd etilmagan.
Vazirliklar ajratiladigan mablag’ miqdori:
- Iqtisodiyot va moliya vazirligiga — 95 trln 920 mlrd so‘m (vazirlik xarajatlari kesimida juda ko‘plab ijtimoiy xarajatlar, tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish, joriy va boshqa xarajatlar o‘rin olgan);
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga — 59 trln 464 mlrd so‘m;
- Suv xo‘jaligi vazirligiga — 10 trln 410 mlrd so‘m;
- Transport vazirligiga — 6 trln 714 mlrd so‘m;
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga — 6 trln 280 mlrd so‘m;
- Sog‘liqni saqlash vazirligiga — 5 trln 94 mlrd so‘m;
- Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga — 1 trln 992 mlrd so‘m;
- Qishloq xo‘jaligi vazirligiga — 1 trln 794 mlrd so‘m;
- Madaniyat vazirligiga — 1 trln 172 mlrd so‘m;
- Sport vazirligiga — 1 trln 135 mlrd so‘m;
- Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga — 1 trln 116 mlrd so‘m;
- Tashqi ishlar vazirligiga — 1 trln 27 mlrd so‘m;
- Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligiga — 1 trln 9 mlrd so‘m;
- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga — 927 mlrd so‘m;
- Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga — 733 mlrd so‘m;
- Raqamli texnologiyalar vazirligiga — 532 mlrd so‘m;
- Adliya vazirligiga — 322 mlrd so‘m;
- Energetika vazirligiga — 123 mlrd so‘m.
#byujet2025 #vazirlarmahkamasi #oliymajlis