Onlayn kreditlar bilan bog’liq firibgarlikning oldini olish maqsadida yangi tatib joriy etilmoqda

Mijoz 48 soat ichida kredit tashkiloti tomonidan yuborilgan SMS-xabardagi telefon raqamlariga qoʼngʼiroq qilib, kreditni olganini tasdiqlashi zarur.

Markaziy bank kredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxslarga onlayn kredit ajratish jarayonida bank kartalari bilan bogʼliq shubhali frod operatsiyalarining oldini olishga qaratilgan vaqtinchalik tartibni joriy qilmoqda.

Bugungi kunda onlayn kreditlarning rasmiylashtirilishida firibgarlik holatlari koʼpayib bormoqda. Firibgarlar banklarning ilovalaridan foydalanib, fuqarolarning nomiga kreditlar o‘tkazmoqda. Xususan, joriy yilning o’zida 463 ta firibgarlik holatlari sodir etilgan boʼlib, fuqarolarga 15 milliard soʼmdan ortiq moddiy zarar yetkazilgan

Yangi tartibga ko’ra, firibgarlikning oldini olish maqsadida 2024-yil 1-noyabdan 2025-yil 1-aprelgacha onlayn kreditlash jarayonida biometrik identifikatsiya talab qilinadi.

Kredit tashkilotlari kredit tarixini 2 bosqichda tekshiradi. Аgar mijozning salbiy kredit tarixi aniqlansa, kredit ajratish rad etilishi mumkin.

Shuningdek, onlayn kredit olgan fuqarolarga 48 soat davomida P2P amaliyotlar va boshqa katta operatsiyalarga cheklovlar oʼrnatilmoqda.

Mijoz 48 soat ichida kredit tashkiloti tomonidan yuborilgan SMS-xabardagi telefon raqamlariga qoʼngʼiroq qilib, kreditni olganini tasdiqlashi zarur.

Qayd etib o’tish lozimki, onlayn kredit ajratishda firibgarlik holatlarining oldini olish uchun Yevropa Ittifoqi, Аvstraliya va Rossiya Federatsiyasida 14 kalendar kunlik, АQShda 3 kalendar kunlik, Kanadada 2 kalendar kunlik “sovish” davri amaliyoti mavjud.

Аgar kredit mablagʼlari sarflanmagan boʼlsa, va biron-biron sabab bilan kredit shartnomasi bekor qilinsa, pullar kredit tashkiloti hisobiga qaytariladi.

Ushbu vaqtinchalik tartib firibgarliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda.

#markaziybank #onlaynkredit

Fikr bildirish

Back To Top