O’zbekistonliklar uchun Xorvatiyada ish taklif etilmoqda. Ish haqi 1000 yevrodan.

Dastlab 18-50 yosh oralig‘ida hamda 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lganlar uchun qurilish sohasida ish taklif qilinmoqda. 


Qolipchi (опалубщик), armaturachi (арматурщик), parket yotqizuvchi (паркетчик), shtukaturkachi (штукатурщик), kranchi (крановщик), ekskavatorchi (экскаваторщик) kabi yo‘nalishlarda nomzodlar ko’rib chiqilmoqda deb xabar bermoqda Migratsiya agentligi.  

1000 yevrodan boshlab taklif etilayotgan ishlar uchun nomzodlar 18-50 yosh oralig‘ida bo‘lishlari, sohada kamida 1 yillik ish tajribasiga ega hamda rus yoki ingliz tillarini bilishi kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari nomzodlardan sudlanmaganlik, xorijga chiqish uchun ta’qiq mavjud bo‘lmasligi hamda jismonan va ruhan sog‘lom bo‘lishlari talab etiladi.

Yotoqxona va transport xarajatlari ish beruvchi hisobidan qoplab berilishi ko‘zda turilgan.

Murojaat uchun: +998 71 202-33-55, +998 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqamlari ishlab turibdi.

Nomzodlar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim

Fuqarolar safar xarajatlarini qoplash uchun quyidagi tartibda kompensatsiya olishlari mumkin.

  • xorijiy til yoki kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirib, sertifikat olganda — BHMning 3 baravarigacha miqdorda (1 mln 20 ming so‘m);
  • “ishchi viza»ni rasmiylashtirish uchun — BHMning 5 baravarigacha miqdorda (1,7 mln so‘m);
  • chipta xarid qilishga — BHMning 2 baravarigacha miqdorda (680 ming so‘m).

Fikr bildirish

Back To Top