Kompaniya ushbu mablag’lar bilan Toshkentda zamonaviy taqsimlash-tarqatuv markazini quradi.

«Korzinka» jalb qilingan mablag‘larni kompaniyaning o‘sish strategiyasini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkentda zamonaviy taqsimlash-tarqatuv markazini qurishga yo‘naltiradi.
«49 000 m2 maydonga ega yangi taqsimlash-tarqatuv markazi “Korzinka” logistika tizimining muhim bo‘g‘iniga aylanadi. U butun mamlakat bo‘ylab do‘konlarimizga yanada samaraliroq xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Tovarlarni saqlash va yetkazib berish jarayonlarini takomillashtirish xarajatlarni kamaytiradi, tashish tezligini oshiradi va savdo nuqtalarimizning uzluksiz ta’minlanishini kafolatlaydi,»— dedi «Korzinka» supermarketlar tarmog‘i bosh direktori Rud Pedersen.
«Korzinka»ning yangi taqsimlash-tarqatuv markazi EDGE sertifikati bilan Markaziy Osiyodagi birinchi logistika markazlaridan biri sifatida ekologik mas’uliyatli yondashuv namunasi bo‘lishi kutilmoqda. Resurslarni tejaydigan, ekologik toza texnologiyalardan foydalanish energiya sarfini sezilarli darajada kamaytiradi va atrof-muhitga salbiy ta’sirni minimallashtiradi. Zamonaviy saqlash tizimi harorat rejimiga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, bu esa oziq-ovqat mahsulotlarining yangiligi va xavfsizligini kafolatlaydi.
«Korzinka» taqsimlash-tarqatuv markazi qurilishi Jahon banki tarkibiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) tomonidan ham moliyalashtirilmoqda.
#korzinka #germaniya