
Germaniya O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish va o‘qitishni qo‘llab-quvvatlashga oid yangi tashabbuslarni boshladi. 15-sentabr kuni O‘zbekiston va Germaniya tomonlari ish vizalarini olishni yengillashtirish masalasini muhokama qildilar.
Bundan tashqari, Toshkent shahrida Aaxen universiteti klinikasi bilan hamkorlikda hamshiralar akademiyasini ochish rejalashtirilmoqda. Ushbu loyiha nemis klinikalarida faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan tibbiyot xodimlarini tayyorlashni osonlashtiradi.
Bitiruvchilar Germaniyada ish topish imkonini beruvchi diplom va sertifikatga ega bo‘lishadi. Yil oxiriga qadar 800 nafar hamshirani Germaniyaga ishga yuborish rejalashtirilgan.
Shuningdek, bandlik vazirligi va Germaniyaning “Deutsche Bahn Engineering Consulting Operations Group” kompaniyasi o‘rtasida shartnoma imzolandi. Ushbu hujjat Germaniya temir yo‘llari uchun mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
#germaniya #o’zbekiston