Mikromoliya tashkilotlari tomonidan mijozlarga xorijiy valyutada moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat berilishi mumkin.


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilinmoqda. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati o‘z telegram kanalida xabar berdi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, kafolat berish faoliyatini professional asosda amalga oshiruvchi tashkilotni yaratish imkoniyati taqdim etilmoqda. Shuningdek, mikromoliya tashkilotlariga mijozlarga xorijiy valyutada moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish huquqi berilishi mumkin. Qonun mikromoliya tashkilotlariga litsenziya asosida to‘lov tashkiloti sifatida faoliyat yuritishga ham ruxsat bermoqda.

Bundan tashqari, qonun loyihasida nobank kredit tashkilotlari AJ (aksiyadorlik jamiyati) yoki MCHJ (mas’uliyati cheklangan jamiyat) shaklida tashkil etilishi ham ko‘zda tutilgan. Loyihada jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan nobank kredit tashkilotining ustav kapitalidagi olinayotgan ulush miqdori 10 foizdan 20 foizgacha bo‘lganda Markaziy bankning xabardor qilish tartibi qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan.

#oliymajlis #mikromoliya

Fikr bildirish

Back To Top