“Vatandosh” intellektual klubining O’zbekistonda islom moliyasi istiqbollariga bag’ishlangan navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

7-sentabr kuni «Vatandosh» intellektual klubining «O’zbekistonda islom moliyasi: imkoniyat va to’siqlar» mavzusida navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. So’nggi yillarda ushbu soha rivojlanishi uchun bir qancha ishlar amalga oshirilganligi hamda sohada qilinishi lozim bo’lgan ishlar bo’yicha qizg’in va munozaralarga boy uchrashuvda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarma boshlig’i o’rinbosari Begzodov Sanjar, Venchur moliya, investitsiyalar va islom moliyasi bo’yicha ekspert Alijon Ravshanov, Bank-moliya akademiyasi o’quv ishlari bo’yicha prorektori Anvar Tursunov hamda Huquqshunos, yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori Xusain Rajapovlar o’z yo’nalishlarida mavjud muammolar hamda o’zgarishlar haqida fikrlarini bildirib o’tishdi.
Eslatib o’tamiz, oldinroq, 26-iyul kuni Markaziy bank tomonidan mikromoliya tashkilotlariga islomiy shartlar asosida xizmat ko‘rsatish tartiblari ishlab chiqilgandi.

Fikr bildirish

Back To Top